Latviyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashuv

 

15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girtsdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik aloqalarni yanada mustahkamlashga, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy miqyosda ochishga tayyor ekanligimiz bildirildi.

TIV rahbari elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va mamlakatimizdagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий