Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, Afg‘oniston kontekstida savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

G. Yaunzems ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий