Latviya elchisi bilan uchrashuv haqida

 

18-sentabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida joriy yilning 27-28-yanvar kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Latviyaga tashrifi yakunlari muhokama qilindi va mehnat migratsiyasi sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Latviya tomoni bilan hukumatlararo bitimni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish va Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli bo‘linmalari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий