Kuvaytning yangi tayinlangan elchisi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari kun tartibining markazida boʻldi.
Tomonlar Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi.
Shuningdek, Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
TIV rahbari elchiga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.


