Kuvayt bilan o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlarning 3-davrasiga oid

 

2026-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Kuvayt Davlati tashqi ishlar vazirining Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navvof Abdullatif al-Ahmad boshchilik qildi.

Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий