Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi asosiy mavzular Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va ishga jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi ta’lim tashabbuslarini yaratish masalalari bo‘ldi.

Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий