“Konrad Adenauer” nomidagi jamg‘arma bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
22-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova “Konrad Adenauer” nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakili Andre Algermissen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy va yashil diplomatiya sohalarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Sun’iy intellekt, ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot va media savodxonligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi, shuningdek, qo‘shma ta’lim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlikni mustahkamlashdan umumiy manfaatdorlik bildirdilar hamda qo‘shma faoliyatni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.


