KOIKA Ofisi Direktori bilan uchrashuv

 

2025 yil 5 fevralda Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova O'zbekistondagi KOIKA ofisi direktori Shin Myeong Sop bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi amaldagi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Ta'lim, sog'liqni saqlash, ekologiya va davlat boshqaruvidagi raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Shin Myeong Sop KOIKA O'zbekistonning rivojlantirishga qo'shgan muhim hissasini ta'kidlab, yangi katta loyihalarni amalga oshirish orqali faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий