Kanadaning Özbekistondagi elçisi bilan uçraşuv töğrisida

 

2026-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Irgaşev Kanadaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşdi.

Uçraşuv davomida tomonlar Afğoniston masalasi böyiça ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi. Afğon muammosini hal etiş böyiça muntazam muloqotni davom ettirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Uçraşuv konstruktiv ruhda ötib, Toşkent va Ottava örtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirişdan özaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий