Kanada elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kanadaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Duggandan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuvda hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib borayotganligi va unda mintaqamizning global roli ham kengayotganligi qayd etildi.
Vazir O‘zbekiston va Kanada aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat mavjudligi haqida ta’kidladi va bu yo‘lda elchi K.Dugganga faoliyati davomida ikki mamlakat oʻrtasida mavjud koʻpriklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tiladi.