Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

26-noyabr O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida barqaror rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarida samarali fikr almashildi.

Shuningdek, belgilangan rivojlanish rejalari va tashabbuslarni O‘zbekistonning barcha hududlariga amaliy foyda keltiradigan aniq natijalarga aylantirish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirishga kelishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий