Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv haqida
2025-yil 17-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Italiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottini bilan uchrashdi. Uchrashuv kun tartibidan iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikni mustahkamlash, xususan, Italiyadan grantlar jalb etish masalasi asosiy o‘rin egalladi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalar, mehnat migratsiyasi, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.