Isroil elchisi bilan uchrashuv

 

2025-yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий