Ispaniya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskesdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Mazkur uchrashuv davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim boʻlgan mavjud imkoniyatlar e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida TIV vaziri Ispaniya elchisiga O’zbekiston-Ispaniya hamkorligining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tiladi.