Iordaniya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

19-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiya Zuhayr Haddod bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘zbek–iordaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, siyosiy muloqotni kengaytirish, iqtisodiy sohada sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, madaniyat, ta’lim va gumanitar almashinuvlar yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


