Iordaniya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi elchisi Demiye Haddad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi tashrif natijalari, shuningdek mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalar hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий