Iordaniya elchisi bilan uchrashuv to‘g’risida

 

2025-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiye Xaddad bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish rejalari ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий