Indoneziyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi bilan uchrashuv

 

7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatindan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. 

Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani e'tirof etildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud ekanligi ta’kidlandi. 

TIV rahbari elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий