Indoneziya, Malayziya va Singapurdan turistik oqimni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

 

2026-yil 13-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son) hamda Vazirlar Mahkamasining “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (2026-yil 9-yanvardagi 6-sonli) ijrosini ta’minlash va ular doirasida Indoneziya, Malayziya va Singapurdan mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini kengaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda tashkil etilgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Buxoro, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, mahalliy aviatashuvchi kompaniyalar, «Uzbekistan – Malaysia - Indonesia Travel Association», «Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assosiatsiyasi», shuningdek, turistik kompaniyalarning 40 nafarga yaqin vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlaridan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish yo‘lidagi transport-logistika, xizmat ko‘rsatish va targ‘ibot masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Malayziyadan qatnovlarni ko‘paytirish hamda Indoneziya va Singapurdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, “Umra+” dasturi doirasida ziyorat turizmi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini jadallashtirish, xorijiy ziyoratchilar uchun infratuzilmani xalqaro halol standartlariga moslashtirish va sayyohlik kompaniyalar bilan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir “muammo-taklif-yechim” formatidagi ochiq muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar sohadagi muammo hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan konstruktiv fikr almashishdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий