Hindiston elchisi bilan uchrashuvga oid

 

2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий