Hindiston elchisi bilan uchrashuvga oid

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.


