Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

 

11-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv mehmonning IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgani doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holatini batafsil muhokama qilib, ikki tomonlama aloqalarning ijobiy sur’atda rivojlanayotganini ta’kidladilar.

Joriy yil mart oyida Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida faol muloqotni davom ettirishga qat’iy tayyorlik tasdiqlandi. Bu esa ikki tomonlama kun tartibidagi barcha masalalarni samarali muvofiqlashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий