Fransiya elchisi va Fransiya taraqqiyot agentligi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova, Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez va Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Olivye Grandvuane bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, respublikada ijtimoiy sohani takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni faol amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat doirasida O‘zbekiston Respublikasi va FTA o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq, Fransiya taraqqiyot agentligining respublikadagi loyihalarni amalga oshirish rejalari shuningdek, Fransiyaning «FASEP», «PROPARCO» va «France Expertise» tashkilotlari ishtirokida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, xususan, energetika, turizm, oziq-ovqat va agrosanoat kabi sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini yuqori baholadilar.

Ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbolli hamkorlik yoʻnalishi sifatida belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий