Finlyandiya elchisi O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Finlyandiya Respublikasining O‘zbekistondagi (rezidensiyasi Xelsinkida) Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashdi.

O‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi sohalarda o‘zbek-fin munosabatlarining joriy holati va ularning keyingi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Finlyandiya elchisi o‘z diplomatik missiyasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий