Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad al-Rajub bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fath Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad al-Rajub bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash va ko‘plab sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

O‘zbekiston Falastin xalqi uchun tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga erishishga qaratilgan intilishlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgani qayd etildi. Shuningdek, G‘azo xalqining ravnaqi va farovonligini ta’minlash borasidagi insonparvarlik sa’y-harakatlariga ko‘maklashishga mamlakatimizning sodiqligi yana bir bor ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий