Falastin elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vaill Ahmed Battrexi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.


