Estoniyaning mamlakatimizdagi yangi elchisi bilan uchrashuv
19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Oradan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasi muhokama qilindi. Shuningdek, iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida TIV rahbari Estoniya elchisiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tiladi.