Eron TIV o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 17-avgust kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, o‘zaro savdo hajmini oshirish, o‘zaro yetkazib beriladigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaldagi yo‘nalishlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.


