Eron elchisi bilan uchrashuv

 

2025-yil 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Joriy yilda ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий