Eron elchisi bilan uchrashuv

 

2025-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий