Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha xalqaro tahliliy markaz ijrochi direktori D.Damdin-Od bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha xalqaro tahliliy markaz ijrochi direktori Dulguun Damdin-Od bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Markaz va O‘zbekistonning tahliliy, tadqiqot markazlari o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikka ijobiy baho berildi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar oldinda turgan turli hamkorlik rejalarini mamnuniyat bilan qayd etib, yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий