Chexiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

20-noyabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Chexiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Lubomir Frebort bilan uchrashdi.
Suhbat davomida siyosiy muloqotning joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar aloqalar masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgan dinamikasini, turli darajalarda amalga oshirilayotgan tashriflar va o‘zaro aloqalarning faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Uchrashuv yakunida 2026-yilda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, jumladan delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini yo‘lga qo‘yish, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.


