Burundi davlatining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

 

27-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Burundi davlatining O‘zbekistondagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jozef Nkurunzizadan ishonch yorliqlari qabul qildi.

Suhbat davomida kelajakka yo‘naltirilgan masalalar muhokama qilinib, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Elchiga mamlakatdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий