BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va  BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning hozirgi darajasini yuqori baholab, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va iste’moli, uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va xalqaro terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish yo‘nalishlarini alohida ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida A.Mittalning O‘zbekiston va mazkur tuzilma o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, shuningdek, Boshqarmaning loyiha faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari qayd etildi.

O‘z navbatida Ashita Mittal O‘zbekiston Hukumatiga uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий