BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan O‘rmonzorlash va O‘rmon tiklash Dekadasi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi

 

BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan “Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmon tiklash bo‘yicha Harakatlar Dekadasi” nomli rezolyutsiyani qabul qildi.

Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo‘lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar, Bahraynni o‘z ichiga oladi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ‘yashil’ iqtisodiyot yili” dasturi, “Yashil makon” milliy loyihasi va “Markaziy Osiyo Yashil kamar” daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.

Rezolyutsiya 2027–2036 yillarni O‘rmonzorlashtirish va O‘rmon tiklash Harakatlar Dekadasi deb e’lon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarni tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishga tavsiya etadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий