Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunladi

 

2025-yilning 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizda o'z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus Respublikasining elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.

So'ngi yillarda O‘zbekiston va Belorussiya o'rtasidagi aloqalar barcha sohalarda rivojlanayotgani va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yo'lida katta salohiyat mavjud ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Belarus munosabatlarining muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Belarus elchisining oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasini alohida e’tirof etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий