Bangladesh Xalq Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Bangladesh ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий