Bangladesh elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Turli darajadagi o‘zaro tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий