Bangladesh elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

15-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, 2025-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik natijalarini sarhisob qildilar, shuningdek 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Bangladesh o‘zaro turli sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий