Armanistonning yangi tayinlangan elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Armanistonning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Georgi Kocharyandan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi. Katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud ekanligi qayd etildi.
TIV rahbari elchining mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.


