AQSh Prezidentining global hamkorlik bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

2025-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Prezidentining global hamkorlik bo‘yicha Maxsus vakili Paolo Zampolli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida yanada mustahkam ko‘priklar qurish — ta’lim va madaniyatdan tortib, innovatsiya va biznesgacha — masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish uchun mavjud bo‘lgan, hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat borligi qayd etildi.
Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global ahamiyatga ega qator masalalarga ham e’tibor qaratildi — yanada farovon kelajak yo‘lida hamkorlikni kuchaytirish borasidagi umumiy qarashlar qayd etildi.


