Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning mamlakatimizdagi elchisi Abdul G‘affor Teraviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan harakatlarni doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Xususan, Afg‘onistonni mintaqaviy va global ta’minot zanjirlariga integratsiya qilish masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va faol sheriklikni ilgari surish keng mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.