6-Fevral - TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA TABIIY OFATLAR QURBONLARINI XOTIRLASH VA BIRDAMLIK KUNI

 

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2023-yilda Ostona sammitida 6-fevral sanasini “Tabiiy ofatlar qurbonlarini xotirlash va birdamlik kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ushbu sana tabiiy ofatlar oqibatida halok bo‘lgan insonlarni yod etish, shuningdek, turkiy davlatlar o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlik ramzi hisoblanadi.

Kuni kecha Turkiya Respublikasining Xatay viloyatida tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan aholi uchun mo‘ljallangan “O‘zbekiston turar joy majmuasi” qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Mazkur majmua turkiy xalqlar o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va insonparvarlik tamoyillarining amaliy ifodasidir.

Ushbu xotira kuni munosabati bilan tabiiy ofatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan insonlarni yod etar ekanmiz, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda o‘zaro yordam ko‘rsatish va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligimizni tasdiqlaymiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий