12-mart kuni Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha asosiy yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, TDT tarkibiga kiruvchi tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining Tashkilot Sammitlari chog‘ida bildirilgan tashabbus va takliflarini samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.